Asosiy mazmunga oʻtish
Mega school
Barcha vakansiyalar

Oʻqituvchi

UI/UX dizayn oʻqituvchisi

  • Yarim stavka
  • Maosh: 6 000 000 – 11 000 000 soʻm
  • Ariza qabul qilinadi: 15.11.2026
Ariza topshirish

0

Vakansiya haqida

Dizayn kursimizda oʻquvchilar Figma’da ishlashni, mobil va veb interfeyslar yaratishni hamda oʻz ishini buyurtmachiga tushuntira olishni oʻrganadi. Kurs amaliyotga qurilgan: har bir mavzudan keyin real topshiriq bajariladi.

Bizga dizaynni “chiroyli rasm” emas, masalani yechish vositasi sifatida koʻrsata oladigan oʻqituvchi kerak. Oʻquvchi kurs oxirida Behance yoki Dribbble’da koʻrsatsa boʻladigan portfolio bilan chiqishi kerak.

Guruhlar kichik — 8–10 kishi, shuning uchun har bir ishga alohida izoh berish imkoni bor.

Talablar

  • Figma’da erkin ishlash va komponentlar bilan tizimli yondashuv
  • Mobil va veb interfeyslar boʻyicha portfolio
  • Prototip yasash va foydalanuvchi yoʻlini tuza olish
  • Tipografika, rang va tarkib boʻyicha mustahkam bilim
  • Oʻz ishini sabab-natija bilan tushuntira olish

Vazifalar

  • Haftada 2–3 marta amaliy darslar oʻtish
  • Oʻquvchilar ishini koʻrib chiqib, izoh berish
  • Portfolio loyihalarini yigʻishga yordam berish
  • Kurs materiallarini yangilab borish

Biz taklif qilamiz

  • Yarim stavka — asosiy ishingiz bilan birga olib borish mumkin
  • Oylik 6 000 000 dan 11 000 000 soʻmgacha
  • Kechki va dam olish kunlari guruhlari
  • Tayyor dars rejalari va materiallar
  • Ijodiy erkinlik: dasturga oʻz yondashuvingizni qoʻsha olasiz
Barchasini koʻrish
  • Maʼmuriyat

    1koʻrildi

    Sotuv boʻyicha menejer (call-markaz)

    Saytimiz, Instagram va Telegram orqali har kuni oʻnlab ariza keladi. Sotuv menejeri — shu arizalar bilan birinchi boʻlib gaplashadigan odam. Sizning vazifangiz odamga mos kursni tushuntirish va uni bepul sinov darsiga taklif qilish. Bu yerda “bosim bilan sotish” yoʻq. Odam nimani izlayotganini eshitish, toʻgʻri kursni tavsiya qilish va kelishilgan vaqtda eslatib turish — natija shundan chiqadi. Barcha arizalar CRM’da yuritiladi, siz hech qanday mijozni unutmaysiz.

    • Toʻliq stavka
    • 5 000 000 soʻm + foiz

    Batafsil

  • Maʼmuriyat

    2koʻrildi

    SMM mutaxassisi

    Mega School’ning Instagram, Telegram va TikTok sahifalarini yuritadigan mutaxassis qidiryapmiz. Bizda kontent koʻp: darslar, oʻquvchilar natijalari, ustozlar, tadbirlar — ularni toʻgʻri koʻrsata bilish kerak. Siz nafaqat post joylaysiz, balki nima ishlayotganini raqamlar bilan koʻrsatasiz: qamrov, saqlashlar, sahifadan kelgan arizalar. Markazga kelayotgan oʻquvchilarning bir qismi aynan sizning ishingiz natijasi boʻladi. Suratga olish va montaj uchun jihozlar markaz tomonidan beriladi.

    • Toʻliq stavka
    • 6 000 000 – 10 000 000 soʻm

    Batafsil

  • Oʻqituvchi

    0koʻrildi

    Ingliz tili soʻzlashuv klubi ustozi (Speaking Club)

    Speaking Club — oʻquvchilarimiz haftada ikki marta faqat ingliz tilida gaplashadigan uchrashuv. Bu yerda grammatika oʻrgatilmaydi: maqsad — gapirishdan qoʻrqmaslik. Sizning vazifangiz mavzuni tanlash, suhbatni boshqarish va har bir ishtirokchini gapga tortish. Munozara, debat, rolli oʻyinlar, film muhokamasi — format sizning ixtiyoringizda. Kechki vaqtdagi ish, shuning uchun talaba yoki asosiy ishi bor mutaxassislar uchun ham qulay.

    • Yarim stavka
    • 4 000 000 – 8 000 000 soʻm

    Batafsil

Anketa

Anketani toʻldiring

Maʼlumotlarni kiritganingiz sari rezyumeingiz yigʻilib boradi. Oxirida uni PDF koʻrinishida yuklab olishingiz mumkin.

Shaxsiy maʼlumotlar

1/4-qadam

Tayyor rezyumeingiz bormi?

Ixtiyoriy. PDF, DOC yoki DOCX, 5 MB gacha. Yuklasangiz, aynan shu faylni koʻramiz.

+998

Ishlab turgan pochta — natija shu manzilga yuboriladi.

Ishlab turgan username — javob shu yerga ham keladi.

Manzilni yozib qidiring yoki xaritadan belgilang — filialgacha masofani shundan hisoblaymiz.

Rezyume koʻrinishi