Asosiy mazmunga oʻtish
Mega school
Barcha vakansiyalar

Maʼmuriyat

SMM mutaxassisi

  • Toʻliq stavka
  • Maosh: 6 000 000 – 10 000 000 soʻm
  • Ariza qabul qilinadi: 15.11.2026
Ariza topshirish

0

Vakansiya haqida

Mega School’ning Instagram, Telegram va TikTok sahifalarini yuritadigan mutaxassis qidiryapmiz. Bizda kontent koʻp: darslar, oʻquvchilar natijalari, ustozlar, tadbirlar — ularni toʻgʻri koʻrsata bilish kerak.

Siz nafaqat post joylaysiz, balki nima ishlayotganini raqamlar bilan koʻrsatasiz: qamrov, saqlashlar, sahifadan kelgan arizalar. Markazga kelayotgan oʻquvchilarning bir qismi aynan sizning ishingiz natijasi boʻladi.

Suratga olish va montaj uchun jihozlar markaz tomonidan beriladi.

Talablar

  • Instagram va Telegram’da sahifa yuritish boʻyicha kamida 1 yillik tajriba
  • Reels va qisqa video montaj qila olish (CapCut, Premiere yoki shunga oʻxshash)
  • Oʻzbek va rus tillarida savodli matn yoza olish
  • Statistikani oʻqiy olish va natijani raqamlarda koʻrsatish
  • Oʻz ishingizdan namunalar (portfolio)

Vazifalar

  • Oylik kontent rejasini tuzish va uni bajarish
  • Darslar va tadbirlarda surat va video olish
  • Reels, post va storylarni tayyorlash va joylash
  • Izoh va xabarlarga javob berish, arizalarni CRM’ga kiritish
  • Har oy natijalar boʻyicha qisqa hisobot tayyorlash

Biz taklif qilamiz

  • Oylik 6 000 000 dan 10 000 000 soʻmgacha va natijaga bonus
  • Suratga olish jihozlari va montaj uchun kompyuter
  • Ish vaqti 09:00–18:00, dam olish kuni — yakshanba
  • Markaz kurslarida bepul oʻqish imkoni
  • Rasmiy ishga joylashtirish
Barchasini koʻrish
  • Maʼmuriyat

    1koʻrildi

    Sotuv boʻyicha menejer (call-markaz)

    Saytimiz, Instagram va Telegram orqali har kuni oʻnlab ariza keladi. Sotuv menejeri — shu arizalar bilan birinchi boʻlib gaplashadigan odam. Sizning vazifangiz odamga mos kursni tushuntirish va uni bepul sinov darsiga taklif qilish. Bu yerda “bosim bilan sotish” yoʻq. Odam nimani izlayotganini eshitish, toʻgʻri kursni tavsiya qilish va kelishilgan vaqtda eslatib turish — natija shundan chiqadi. Barcha arizalar CRM’da yuritiladi, siz hech qanday mijozni unutmaysiz.

    • Toʻliq stavka
    • 5 000 000 soʻm + foiz

    Batafsil

  • Oʻqituvchi

    0koʻrildi

    Ingliz tili soʻzlashuv klubi ustozi (Speaking Club)

    Speaking Club — oʻquvchilarimiz haftada ikki marta faqat ingliz tilida gaplashadigan uchrashuv. Bu yerda grammatika oʻrgatilmaydi: maqsad — gapirishdan qoʻrqmaslik. Sizning vazifangiz mavzuni tanlash, suhbatni boshqarish va har bir ishtirokchini gapga tortish. Munozara, debat, rolli oʻyinlar, film muhokamasi — format sizning ixtiyoringizda. Kechki vaqtdagi ish, shuning uchun talaba yoki asosiy ishi bor mutaxassislar uchun ham qulay.

    • Yarim stavka
    • 4 000 000 – 8 000 000 soʻm

    Batafsil

  • Oʻqituvchi

    0koʻrildi

    Bolalar uchun ingliz tili oʻqituvchisi (Kids English)

    6–11 yoshdagi bolalar guruhlari uchun ingliz tili oʻqituvchisi kerak. Darslar qoʻshiq, harakatli oʻyin, rasm va kichik sahna koʻrinishlari orqali oʻtadi — bola tilni yodlab emas, ishlatib oʻrganadi. Biz Cambridge Young Learners dasturiga tayanamiz: Starters, Movers va Flyers bosqichlari. Oʻquvchilar yil oxirida xalqaro imtihonga tayyorlanadi. Bu ish sizdan energiya va sabr talab qiladi, lekin natijasi darrov koʻrinadi: bola bir necha oyda gapira boshlaydi.

    • Toʻliq stavka
    • 6 000 000 – 11 000 000 soʻm

    Batafsil

Anketa

Anketani toʻldiring

Maʼlumotlarni kiritganingiz sari rezyumeingiz yigʻilib boradi. Oxirida uni PDF koʻrinishida yuklab olishingiz mumkin.

Shaxsiy maʼlumotlar

1/4-qadam

Tayyor rezyumeingiz bormi?

Ixtiyoriy. PDF, DOC yoki DOCX, 5 MB gacha. Yuklasangiz, aynan shu faylni koʻramiz.

+998

Ishlab turgan pochta — natija shu manzilga yuboriladi.

Ishlab turgan username — javob shu yerga ham keladi.

Manzilni yozib qidiring yoki xaritadan belgilang — filialgacha masofani shundan hisoblaymiz.

Rezyume koʻrinishi